Farzandingiz telefonga qaram bo'lib qolishining asosiy sababi - siz!
Gadjetlar va telefon “dushman” emas. To’g’ri va me’yorda foydalanishni bilsak yetarli.
Maqola Robbit akademiyasi tomonidan chop etildi

Bu gap qanchalik og’ir eshitilmasin, lekin haqiqat. Bugungi kunda ko’plab ota-onalar uchun farzandi telefondan ajralmayotgani asosiy muammolaridan bo’lib turibdi.
Lekin, shunday vaziyatlar bo’ladiki, siz qabul qilgan kichik noto’g’ri qarorlar katta muammolarga sabab bo’ladi. Keling, bu sabablarni birgalikda ko’rib chiqamiz:
— Farzandingiz xarxasha qilganda, ovutish uchun telefon berib;
— Ovqatlanayotganda telefon yoki televizor ko’rishga ruxsat berish yoki o’zingiz ham tomosha qilib;
— telefonni ilk bergan vaqtlaringizdayoq ma’lum vaqt bilan cheklamay;
— jazolash sifatida telefondan mahrum qilganingizda kichik ammo jiddiy xatolar qilgansiz.
Buni to’g’rilash imkoni bormi? Ha, bor!
Bizga kichik qadamlar kerak bo’ladi. Telefondan ajratishni quyidagi 3 ta kichik samarali usul bilan amalga oshirish mumkin.
- Bosqichma-bosqich cheklash. Masalan, 1 oy davomida kechqurun uyquga yotish oldidan, keyinggi oy ovqatlanganda telefondan foydalanishni ta’qiqlaysiz.
- Amal bilan ko’rsatasiz. Farzandingizga telefon zararlarini qayta-qayta aytib emas, o’zingiz ishdan tashqari vaqtda telefondan kamroq foydalanib, o’rnak bo’ling. Farzandlaringiz bilan ko’proq vaqt o’tkazing.
- Telefondan ajratgan vaqtlarimizni maksimal qiziqarli mashg’ulotlar bilan to’ldirish. Bu bolani qiynaydigan mashg’ulot bo’lmasligi kerak.
Gadjetlar va telefon “dushman” emas. To’g’ri va me’yorda foydalanishni bilsak yetarli. Bu 3 usul sinalgan bo’lib, siz uchun ham samarali bo’ladi degan umiddamiz. Farzandingiz kelajagiga befarq bo’lmayotganingiz uchun rahmat!
